Alisher Navoiy hikmatlari — asrlar davomida insoniyatni ezgulikka, so‘zning qadri va ma’naviy poklikka chorlab kelayotgan bebaho durdonalardir. Quyida Navoiy Hikmatli so’zlarini jamladik.
Umrni zoye’ etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
Ko‘ngil durji ichra guhar so‘zdurur,
Bashar gulshanida samar so‘zdurur.
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir.
Ko‘p degan ko‘p yengilur,
Ko‘p yegan ko‘p yiqilur.
Saxovat — donau dur,
So‘zni jahon ichra yog‘insiz abri bahor bil,
So‘zini afsona bil,
Bahrida durdona bil.
Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.
Ko‘p demak,
Yo ko‘p emak —
Befoyda so‘zni qo‘y,
Foydali so‘zni ayt.
So‘zga mag‘rurlik —
Nafsga ma’murlik.
Ko‘p aytma,
Ko‘p eshitilgandan qaytma.
Chin so‘zni yolg‘onga chulg‘ama,
Chin ayta olur tilni yolg‘onga bulg‘ama.
Ma’dani inson gavhari so‘z durur,
Gulshani odam samarasi so‘z durur.
So‘zni ko‘ngilda pishirmaguncha tilga keltirma,
Har nekim ko‘ngilda bo‘lsa — tilga surma.
Til ildamidin bo‘lur g‘aromat hosil,
Yuz nav’ malomatu nadomat hosil.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
Ko‘ngul maxzanining qulfi — til,
Xazinaning kaliti — so‘z bil.
Dushman g‘ururidan,
Maddoh xushomadidan
G‘am yema,
Chin dema.
Er kishiga zebu-ziynat —
Hikmat va donishdur.
Yaxshilik qila olmasang,
Yomonlik ham qila ko‘rma.
O‘t ishi — qovurmoq,
Yel ishi — sovurmoq.
Suvning mazasi muz bila,
Oshning ta’mi tuz bila.
Izzat tilasang — kam de,
Sihhat tilasang — kam ye.
Yaxshi libos — tanga oroyish,
Yaxshi qo‘ldosh — jonga osoyish.
Ko‘ngul maxzanining qulfi — til,
Ul maxzanning kalitin so‘z bil.
Dushman g‘ururidin g‘am yema,
Maddoh xushomadidin chin dema.
Er kishiga zebu-ziynat — hikmat va donishdur.
Yaxshilik qila olmasang,
Yomonlik ham bori qilma.
O‘t ishi — qovurmoq,
Yel ishi — sovurmoq.
Suvning mazasi muz bila,
Oshning ta’mi tuz bila.
Izzat tilasang — kam de,
Sihhat tilasang — kam ye.
Yaxshi libos tanga oroyish,
Yaxshi qo‘ldosh jonga osoyish.
Fosiqdin hayo tilama,
Zolimdin vafo tilama.
Boshni fido qilg‘il ato boshiga,
Jismni qil sadqa ano qoshiga.
Tun-kuningga aylagil nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Karam va muruvvat ato va anodur,
Vafoyu hayo ikki hamzod farzand.
Vafosizda hayo yo‘q,
Hayosizda vafo yo‘q.
Chin so‘z mo‘tabar,
Yaxshi so‘z muxtasar.
Bilmaganin so‘rab o‘rgangan — olim,
Orlanib so‘ramagan — o‘ziga zolim.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Ki har ishni qildi odamizod,
Tafakkur birla bildi odamizod.
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.
Agar tuzlik o‘lsa kishining ishi,
Ne vasf aylay olg‘ay ishini kishi.
Ne qushki bo‘lsa himmatdin qanoti,
Emas past oshyonga iltifoti.
Tuzlik ermas shifosiyu voyasi ham,
Kim egri kishining egridur soyasi ham.
Ulki zarar shevasini tavr etar,
Elga demakim, o‘ziga javr etar.
Bir xati gar egri tushar bir nuqat,
Nusxada har safhadadur egri xat.
Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il,
Ham jonlarig‘a moyai darmon bo‘lg‘il.
Jahon ilmiki bugun menga yod erur,
Anga borcha jahl ahli ustod erur.
Jahl ahli bila kimki ulfat bo‘lg‘oy,
Ul ulfat ichra yuz ming ofat bo‘lg‘oy.
Yigitlikda yig‘ ilmning maxzani,
Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani.
Kim kinavar o‘lsa, ista andin qochmoq,
Nechunki zarur durur yomondin qochmoq.
Kimki o‘zi ayladi yolg‘on so‘zin,
Kizb der el chin desa, qolgon so‘zin.
Kimniki aylay der esang mahraming,
Ko‘p sinamay aylamagil hamdaming.
Mevaga mag‘z o‘lsa, bo‘lur po‘st ham,
Kimsaga ham dushman o‘lur do‘st ham.
Naf’ing agar xalqqa beshak durur,
Bilki bu naf’ o‘zingga ko‘prak durur.
Necha marazg‘aki erur sud qand,
Nechaga ham zahr erur sudmand.
Necha zarurat aro qolgan chog‘i,
Chin demas ersang, dema yolg‘on dog‘i.
Nekim qildi johilki erdi yomon,
Tutub aksini topdim andin omon.
Qaysi johilga nadomat bo‘lg‘ay,
Ul olimcha kim:
Har ne qildi — bilmadi,
Har neki bildi — qilmadi.
Qil yaxshilig‘u demakni doxil qilma,
Minnat bila yaxshilikni botil qilma.
Har kishikim birovga qazg‘ay choh,
Tushkay ul choh uzra o‘zi nogoh.
Har kishikim tuzlik erur peshasi,
Kajrav esa charx, ne andeshasi.
Har kishiningkim so‘zi yolg‘on esa,
Aylama bova, nechakim chin desa.
Ham so‘z ila elga o‘limdan najot,
Ham so‘z ila topib o‘lik tan hayot.
Himmatsiz kishi er sonida emas,
Va ruhsiz badanni kishi tirik demas.
Omiy tabibkim, erur shogirdi jallod,
Ul tig‘ bila va bu zahr bila halok qilg‘uchi bedod.
Oz ish uchun tundu itob aylama,
Qatlu siyosatda shitob aylama.
Parvonani ishq etmasa mast,
Urg‘aymu o‘zini o‘tqa payvast?
Tabiatga har neki odat bo‘lur,
Chu eskirdi odat tabiat bo‘lur.
Tinch ko‘ngil birla qatiqsiz umoch
Behki birov minnati bilan kuloch.
Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.
Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas,
Vale borcha chin ham degulik emas.
Chun sinsa ko‘ngil zaxm zabon og‘rig‘idin,
Kam ermas aning og‘rig‘i jon og‘rig‘idin.
Qachon sochsa tuproqqa bug‘doy birov,
Yo‘q imkoni ul arpa qilg‘oy g‘arov.
Yo‘q hunari yolg‘uz esa o‘z kishi,
Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi.
Kimki falak sori otar toshini,
Tosh ila ozurda qilur boshini.
Har kim ayon etsa yaxshi qiliq,
Yetar yaxshilikdin anga yaxshiliq.
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,
Endiki ilm o‘ldi — amal aylagil.

