bahor fasli haqida sheʼrlar to‘plami (yangi sheʼrlar)

Bahor haqida sheʼrlarni yangi eng sara va qisqa, hamda bolalar yodlashga osson 4 qator sheʼr

Turnalar

Turnalar parvozini
Kutaman har bahorda.
Qiziq, nega turnalar
Tizilar bir qatorda?

Shoshilmas qanotlari,
Bir-biriga chog’ishmas
Ulardagi axillik
Osongina yumushmas.

Havas qilsa arziydi
Samoning bahoriga.
Marjonday tizilishgan
Turnalar qatoriga.


Bahor


Bahor yashil nafasing
Qizg‘aldoqqa aylanar
Boychechak binafshalar
Bitiklarga boylanar

Bugun yoshu keksalar
Ishtiyoqda havasda
Bahor yashil nafasing
Tabiatga payvasat


Bahor

Bahor kelsa fayzlardan
Arimas ayvonimiz
Chunki bizning har ko‘klam
Qaldirg‘och mehmonimiz


Navro‘zi ayyom

Keldi Navro‘zi ayyom
Chuchmomolar tazimda
Doshqozonda sumalak,
Lapar yangrar bazmda.


Bahor menga yoqdi

Bahor menga yoqadi
Mayin esgan shamoling
Hilpiratib sepini
Ko‘z ko‘z etar jamoling.

Bahor menga yoqadi
Shildiragan suvlaring
Atirgul rayhonlardan
Tin olar suruvlaring.

Binafshalar bo‘yningda
Taqilgan marjonlaring.
Bahor menga yoqadi
Feruza osmonlaring.

Bahor keldi o’lkamga,
Gul tutaman onamga.
Mehridaryo qalblari .
O’xshaydi keng olamga.

Quyosh, sening jismingda
Onajonim tafti bor.
Onalar kulgusidan
Yashnab ketadi bahor!

YOMG’IR

Tomchilasa yomg’irning
Tomchilari boshimga.
O’xshataman marjonday
To’kilgan ko’z yoshimga.

Tabiatning g‘uborin
Yuvib tashlar bir pasda.
Beminnat qo’llariga
Tutsam, deyman, guldasta.

tavsiya etamiz:  Bolalar uchun sherlar. Maqollar. Tez aytishlar

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх