Bolalar uchun sherlar. Maqollar. Tez aytishlar

bolalar uchun sherlar to‘plami

Fanlar uchun shiorlar

Ona tili

Har bir harf , bo’g’indan
Tuzamiz turli so’zlar.
Ozoda va chiroyli
Yozsak quvonar ko’zlar.

O’qish

She’r , hikoya , ertakni
Hech qiynalmay o’qiymiz.
O’qib bo’lgach albatta ,
O’qiganni uqiymiz.

Matematika

Matematika darsi
Hisob-kitoblar bahsi.
To’rt amal bilmoq uchun
Tinglamoq kerak yaxshi.

Tabiatshunoslik

Atrofimizdagi olam ,
Bu— biz ucun tabiat.
Tuproq , suv — bizga ona ,
Oldik undan tarbiya .

Tasviriy san’at

Tasvirlaymiz olamni ,
Musavvirmiz o’g’il-qiz .
Sir-asrorin o’rganib ,
Olamiz chuqur ildiz .

Musiqa

Notalar bor do, re,mi ,fa…
Qarang qanday jarangli-ya.
Chalsak rubob yoki doira ,
Notalar bo’lar shoira .

Ro’zimurod Bolqiyev

tavsiya etamiz:  Xayr boxcham tadbiri uchun she‘rlar

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Прокрутить вверх