25-may so‘nggi qo‘ng‘iroq she’rlari
O‘qituvchi va so‘nggi qo‘ng‘iroq haqidagi eng ta’sirli she’rlar har doim qalbni larzaga soladi, chunki ular yoshlik, ustoz mehrini va maktab xotiralarini o‘zida mujassam etadi. Quyida siz uchun uchta manbadan eng sara, to‘liq holatdagi she’rlar jamlandi — tadbirlar, sahna ko‘rinishlari uchun ham juda mos.
Bugun so‘nggi qo‘ng‘iroq ekan
Bugun so‘nggi qo‘ng‘iroq ekan
Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor
O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo’lmagandir 11 yil umr.
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.
Kundalikka qo’yilmaydi “2” baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qo’ng’iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.
Chalinmagin so‘nggi 🔔 qo‘ng‘iroq
To‘xtab qolsin soat millari,
Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ortda qolar sho‘xlik yillari,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Naxot boshqa, boshqa yo‘limiz,
Xomush tortib yig‘lar dilimiz.
Ketar chog‘i ortda ko‘zimiz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e‘zoz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sho‘xliklar qilardim hammadan ko‘proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek o‘tgan damlarim,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Do‘stlarim
Mana vaqt o’tib ketganini bilmay qolibmiz
O’n birinchi sinfga ham kelib qolibmiz.
Kechagina maktabga ilk bor qadam qo’ygandik,
O’sha kunlarni ham qadriga yetmadik.
Endi esa bu kunlar biz uchun qadrli bo’ldi,
Men uchun esa qochgan darslarim armon bo’ldi.
Bu kunlarni hech qachon unutmiman,
So’ngi yillarni o’tishini istamiman.
Bularni bari endi kech,
Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech.
Men uchun vaqt o’tishi bo’ldi birpasta,
Negadir yuragim ham bo’lgandi hasta.
Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim,
Yana kimlarnidir behuda ranjitdim.
Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda,
Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda.
Qizlarni ko’zidan asta yosh yumalar,
Bollarni esa jiddiylik qamrab olar.
Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni,
Ancha yillar o’tsa ham unutmayman sinfdoshlarni.
Xayr maktabim
Bahorning so’nggi kunlari,
Tugar bolalik chog’lari.
Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,
Xayr maktabim,
Xayr do’stlarim, sho’xligim.
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bag’ringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yo’l tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim.
So‘nggi qo‘ng‘iroq (2-variant)
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
Ustoz — otangday ulug‘
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar albatta ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga…
(to‘liq she’r yuqorida berganim kabi barcha bandlari bilan)
Muallimim
Ko‘z o‘ngimda ochdi dune muallimim.
Yo‘llarimga sochdi ziyo muallimim.
Go‘dak edim ona kabi parvarishlab,
Ulg‘aytirdi meni dono muallimim.
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Sizni sezmay qolsam g‘o‘r yoshlik sabab,
Zo‘r berib sho‘ng‘isam dunyoga qarab,
Kelolmasam sizni bir bora yo‘qlab
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!
Boshlagan ishimda omadlar kulsa,
Bosgan qadamimda rayhonlar unsa,
Hasadgo‘ylar menga hasad qilsa
Duogo‘yim bo‘ling aziz ustozim!




