Vatan va vatanparvarlik haqida maqollar
VATAN VA VATANPARVARLIK
Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan.
Baliq suv bilan tirik, Odam — el bilan.
Begona tuproq — devona tuproq.
Betkay ketar, bel qolar, Beklar ketar, el qolar.
Birovning yurtida bek bo‘lguncha, O‘zingning yurtingda it bo‘l.
Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni.
Bulbulga bog‘ yaxshi, Yo Qaklikka — tog‘.
Vatan gadosi — kafan gadosi.
Vatan uchun o‘lmoq ham sharaf.
Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas,
Vatanga kelgan imonga kelar,
Vatanga falokat — o‘zingga halokat.
Vatangado bo‘lguncha, kafangado bo‘l.
Vatandan yiroqlashgan. nomusdan o‘lar,
Vatani borning baxti bor, Mehnati borning — taxti.
Vataning tinch — sen TINCH, Vatanni sotgan er bo‘lmas.»
Vatanning vayronasi — Umrning g‘amxonasi.
Vatanning vayronasi — Umringning hayronasi.
Vatansiz inson — kuysiz bulbul.
Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.
Dushmanga nafrati bo‘lmaganning Vatanga muhabbati bo‘lmas.
Yerdan ayrilsang ham, eldan ayrilma.
Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.
Yeringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.
Ingit g‘ami elida, Elning g‘ami dilida.
Qiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.
vatan haqida maqollar
Qishi «yerida sulton bo‘lguncha, O‘z elingda cho‘pon bo‘l.
Qishi yurtida sulton bo‘lguncha, O‘z yurtingda ulton bo‘l.
Qishi yurtida shoh bo‘lguncha, O‘z yurtingda gado bo‘l.
Qo‘lning otini balig‘i chiqarar.
Qo‘rpang qayerda bo‘lsa, Qo‘ngling shu yerda.
Ona yerning tuprog‘i — ona sutidan aziz. Ona yurting — oltin beshiging,
Ona yurting omon bo‘lsa, Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Sigirning suti — tilida, Erning quti — elida.
Sovuq urgandan qolar, Tuproq surgandan qolmas.
Suvni bersang elga, Yashnarsan ming yilga.
. Tovushqonga» tug‘iyagan tepasi aziz.
Tuqqan yerda tug‘ing tik.
Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.
Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas, Yurt ko‘rganning yurti buzilmas,
Tug‘ilgan yering — vataning, Vataning — nomusing.
To‘ygan yerdan tuqqan yer yaxshi, Changal ham o‘z joyida gurillar.
Ekin yerida ko‘karar, Er — elida.
El bor bo‘lsa, er xor bo‘lmas, Er bor bo‘lsa, el xor. bo‘lmas.
El boshiga kun tushsa, El yaratgan er kelar.
El boshiga tushgani —
Er boshiga tushgani.
El ishini er qilur,
Er qadrini el bilur.
El-kunim bo‘lmasa,
Oy-kunim tugmasin.
El kuyunganda kuyungan — botir, El suyunganda suyungan — botir.
El tilagin tilagin —
Siniq ko‘nglin siylagin.
El egasiz bo‘lmas,
To‘n — yoqasiz,
El qudrati — chin qudrat,
Vatan tuprog‘i — qimmat.
El qurimasa, er kurimas,
El — ko‘ngan erda,
Ot — to‘ygan yerda,
El qo‘ngan yerin bilar,
Ot to‘ygan yerda tinar.
El g‘amini bilgan elda doston. Elga manzur — erga manzur.
Elga xizmat — oliy himmat.
Elga qo‘shilgan moy yutar, Eldan ayrilgan qon yutar.
Elga qo‘shilganning ko‘ngli to‘q,
Eldan ajralganning beti yo‘q.
Elga qo‘shilsang, er bo‘lasan, Eldan ajralsang, yer bo‘lasan. Elda bori — senda bori.
Eldan ayrilguncha, jondan ayril.
Eliga vafo kilgan Yeviga jafo qilar.
Elidan bezgan er o‘ngmas, Qo‘lidan bezgan g‘oz ungmas,
Elim suydi — erim suydi.
Eling senga cho‘zsa qo‘l, Unga doim sodiq bo‘l.
Eling — yurting bo‘lmasa, Oying — kuning bo‘lmasin.
Elli yer — bozor, Elsiz yer — mozor.
Ellik yilda el yangi. Elning baxti — erning baxti. Elning ichi — oltin beshik.
Elning yirtig‘iga yamoq bo‘l, Uzuniga uloq bo‘l.
Elning egasi bo‘l, Tobutning chegasi bo‘l.
Elning g‘ami — erning G‘ami. Er bolasi — el bolasi,
Er davlati — elida,
Er yigit elga tortar,
Er yigit o‘zi uchun tug‘ilar, Eli uchun o‘lar.
Eringdan bezsang ham, elingdan bezma,
Erning ishi — elning bo‘ynida, Elning ishi — erning bo‘ynida,
Erning moli — elning moli.
Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir.
Yurt egasi yo‘lbarsdir, Oldirgani qo‘ymasdir.
Yurt ko‘ri, eling o‘sar, Qo‘rimasang, uying to‘zar.
Yurt ko‘risang, o‘sarsan, Qo‘rimasang, to‘zarsan.
Yurtda odam bo‘lmasa,
To‘ng‘iz tepaga chiqar.
Yurtdan ayrilganni yov chopar.
Yurtdan ketgan yurtmonda, O‘tar hasrat, armonda.
Yurti boyning o‘zi boy.
Yurting omon — o‘zing omon.
Yurtni dedim, yuzga kirdim.
Yaxshi yigit. yurt tuzar,
Yomon yigit yurt buzar.
O‘z uyim — o‘lan to‘shagim.
O‘z yurtingning qadri O‘zga yurtda bilinar.
O‘z yurting — o‘lan to‘shaging,
O‘zga yurt bo‘lmas beshiging.
O‘zga elning qozisi bo‘lgandan O‘z elingning tozisi bo‘l.
O‘zga yurtning boshi bo‘lgancha O‘z yurtingning toshi bo‘l.
O‘zga yurtning gulidan. O‘z yurtingning cho‘li yaxshi.
O‘lsang o‘l, Vataningda bo‘l.
O‘pkadan urgan yel yomon, Elidan ayrilgan er yomon.
Qurigan yurtga qul oqsoqol.
Qush ham ketsa keladi, O‘z elini sevadi.
Har gulning o‘z isi bor, Har elning o‘z tusi bor.
Har kim — eliga, O‘rdak — ko‘liga.
Har kimning o‘z eli — o‘ziga shirin,
Har ko‘katning o‘z suygan tuprog‘i bor. Har toycha o‘zi suv ichgan bulog‘ini maktar. Har elning o‘z irimi.
Har qush o‘z uyasiga qarab uchar.
Himmatli er o‘z elini der.

