Xayr boxcham tadbiri uchun she‘rlar Xayr, bog‘cham” tadbiri uchun eng chiroyli, mazmunli va yod olishga oson she’rlar to‘plami. Ushbu sahifada bolajonlar uchun bog‘chaga bag‘ishlangan she’rlar, maktabga kuzatish uchun she’rlar, bitiruv tadbiri uchun she’rlar, tarbiyachi haqida she’r, bog‘cha hayoti haqida bolalar she’rlari, mehr, tarbiya va bog‘cha xotiralari aks etgan eng sara asarlar jamlangan.
«Tarbiyachi» haqida sher
Erta sahar yugurar.
Bizlar uchun jon kuyar.
Xammamizni teng kurar
Boxcha opam jon opam
Rahmat shinso‘z opam.
«Hamshira» haqida sher
Kasal bulsak parvona
U xuddi bizga ona
Boxchamizda yagona
Rahmat hamshira,opam
Bizga mehribon opam.
«Uslubchi» haqida sher
Bizni birdek kuradi
Bolam deya so‘yadi.
Xarxil uyinlar bilan
Dilni xushnud etadi.
Yangi yulga eltguvchi
Rahmat sizga uslubchi
» Ruhshunos» haqida sher
Urgatar bizga uyin
So‘zlari biram mayinYangi uyinlar bilan
Quvontirar kun sayin.
Mehringiz dur beqiyos
Rahmat sizga ruhshos
«Jismoniy tarbiya
yetakchi» haqida sher
Qani -qani dedingiz
Kelin tezroq dedingiz
Sport mashg‘ulotida
Buling chaqqon dedingiz
Sizga rahmat opajon Doyim buling soq omon
«Musiqachi» haqida sher
Do,re, mi, ni o‘rgatgan
Tadbirlarni utkazgan
Bizga qushiq urgatgan
Sahnalarni kursatgan
Musiqachi opamiz.
Sizni doyim sevamiz
» Til o‘qituvchi» haqida sher
Chet tilini sevamiz
Sizni hurmat qilamiz
Hello, gudmoning deymiz
Boxchaga gudbay deymiz.
Til o‘rgatishda chaqqon
Rahmat suzga opajon
«Yordamchi tarbiyach» haqida sher
Onamkabi mehribon
Bunchalarham siz chaqqon
Opamizga yordamchi
Bizni birdek sevuvchi
Rahmat sizga yordamchi.
«Oshpaz» haqida sher
Qishin ,yozin uchoqda
Ovqat qilar qozonda.
Mehrubonu ozoda.
Qo‘li shirin pazanda
Taomi rohati jon
Rahmat sizga opajon
Muallif Abdufatoeva Zamira So‘x tumani 18-DMTT musiqa rahbari
Xayr bog’cha, salom maktab she’rlari.
Hayrlashib bog‘chajon,
Maktabga yo‘l olamiz
Unutmaymiz hech qachon,
Sendan mehr olganmiz/
naqorat.
Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Niholchalarga makon.
Yuragingdan joy berib,
O‘stirding sog‘,barkamol.
Ishonch berib,baxt berib,.
Ham quvonch olam~jahon.
naqorat.
Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Niholchalarga makon.
Bog‘chajonim. haqida sher
Bog‘chajonim~bog‘chajon,
Sehrlisan, mehribon.
Quchog‘ungda o‘sdik biz,
Kuchga to‘ldik va chaqqon.
Endi xush qolgin bog‘cham,
Arg‘imchoqli ayvoncham.
Shod o‘tdi rosa kunim,
Oldik turli xil bilim.
Polvonjon bo‘lib o‘sdik,
Bog‘chamiz juda sulim.
Endi xush qolgin bog‘cham,
Mo‘jizaga kon bog‘cham.
Ertaknamo bog‘chamiz,
Seni hech unutmaymiz.
Ukam keldi bag‘ringga,
Biz maktabga boramiz.
Endi xush qolgin bog‘cham,
Arg‘imchoqli ayvoncham.
Tarbiyachim! haqida sher
Onam ketadi ishga,
Dadam ketadi ishga.
Bizlarga kim qaraydi?
Kim sochimiz taraydi?
Yedirib ovqatimiz,
Yuvdirib yuz~qo‘limiz,
Kim bizga alla aytar?
Ertak aytib ovutar.
Hisobni o‘rgatar kim?
She’rimiz yodlatar kim?
Kim bizga do‘st, dugona?
Tarbiyachim~yagona!!
Jismoniy yo‘riqchi. haqida sher
Sog‘lik va qomat uchun,
Oyoq va qo‘lning kuchin,
Mustahkamlar albatta,
Jismoniy mashg‘ulotda!
Sog‘ligimiz juda zo‘r!
Kuchimizni sinab ko‘r.
Badantarbiya qilib,
Boramiz kuchga to‘lib!
Turli mashqlar o‘rgatar,
Musobaqa o‘tkazar,
Jismoniy yo‘riqchimiz~
Sog‘liqning quriqchisi!
Hamshira. haqida sher
Qishning sovuq kunida,
Yozning issiq tig‘ida,
»Voyjonim»opamiz bor,
Darmondorisi tayyor!
Oq qalbidek kiyimi,
Qo‘lida ~vetamini.
Kokteyl ichamiz,ura,
Yo‘qlar bizni hamshira!
Oshpaz opaga atab she’r.
Qovurish va qaynatish,
Sirlaridan xabardor.
Taom suzish, bezatish,
Cho‘t emas, juda dastyor!
Chuchvarami, mantimi,
Pirog yo qovoq somsa.
Mazali,shirin ta’mli,
Oh,bugun zapikanka!
Taom tayyorlash uchun,
Kun bo‘yi harakatda.
Oshpaz sarflar bor kuchin,
Bizlar uchun albatta!
Musiqachi. haqida sher
Kim gormoshka chaladi,
Timsoh Genadan bo‘lak?
Notalarni biladi,
O‘rgatay deb jonsarak!
Pioneno ko‘ylaydi,
Uning qo‘li ostida.
Buben rosa o‘ynaydi,
Bolalar bilan birga.
Eng kichik bolalar ham,
Juda ko‘p qo‘shiq bilar.
Qo‘shiq~bilan xotirjam,
Kunimiz xush, shod o‘tar.
Musiqachi opamiz,
Sizni ko‘p sog‘inamiz!
Yordamchi tarbiyachi.
Tong sahar, to kechgacha,
Mehnat qilib tolmaydi.
Mehri bizga o‘zgacha,
Tozalikdan qolmaydi.
Bizga ovqat tashiydi,
Idishimizni yuvar.
O‘rnimiz tekislaydi,
Pol yuvar, changni olar.
Atrof toza~yaltirar,
G‘ubor ko‘rmaysiz sira.
Hoynahoy o‘n qo‘li bor!
Qanday ulgurarkin~a?
Logoped. haqida sher
Oh, qanchalar qayg‘uli,
Tovushni aytolmasang!
Xunuk, xatto kulguli,
»Arra»ni,»Alla»~desang.
Nutqimiz qilib go‘zal,
Logaped tinmay ishlar.
Ravon qilib tilimiz,
Nurga chulg‘ar yo‘limiz!
Uslubchi haqida she’r.
Qachon va qay tarzda,
Qaysi darsni o‘tishni.
Dunyo sirlarin bilib,
Aql chiniqtirishni.
Uslubchi bog‘cha opam,
Rejalashtirib har dam.
Taqsimlaydi yumushni,
Faoliyat, o‘qishni!
Xayr bog’cham.
Xayr bog’cham,gul bog’cham,
Xayr chiroyli uycham
Xayr fe’lcham ayiqcham,
Sizni unutmayman xecham.
Bag’ringda xup o’ynadim,
O’ynadimu to’ymadim.
Shuxligimni qo’ymadim,
Kuy qushiqlar kuyladim.
Uztozdan minnatdorman
Maktabga men tayyorman.
Bel bog’layman har ishga,
A’lo o’qib yozishga.
Guzal bog’cham xayr,
Bag’ringda qildim sayr.
Kutayapti katta yul,
Xayr deyman silkib qo’l.
shoir: Islomova Mukambar
Xayr bog’cham.
Yetti yoshga toʻldim men,
Rosa oʻynab-kuldim men.
Endi navbat oʻqishga,
“Alifbe” oʻrganishga.
Xayr sevimli bogʻcham,
Xayr oʻyinchoqlarim.
Men maktabga boraman,
Xayr qoʻgʻirchoqlarim.
Ertaklarni oʻrgatgan,
Uxlasak alla aytgan,
Xayr bogʻcha opajon,
Sogʻ boʻlingiz har qachon.
Biz bilan qoʻshiq kuylab,
Biz bilan sheʼr yod olgan.
Xayr, musiqa ustoz,
Sogʻinamiz sizni rost
Sport maydonchasida
Chiniqib kuchga toʻldik.
Bir-birimizni quvlab
Oʻyinga ham xoʻp toʻydik.
Axil-inoq boʻlgancha
Oʻynadik bekinmachoq,
Nogoh topib olganda,
Sevindik birga shu choq.
Vatan, ona soʻzining
Maʼnosini bildik biz.
Hur oʻlkam madhiyasin
Quloqlarga ildik biz.
Davlatim bayrogʻini,
Shon-shuhrat mayogʻini,
Ranglar maʼnosin anglab
Tushundim yarim oyini.
Xumo qushi qanotin
Yozib turgan baralla,
Yurtim gerbi haqida
Soʻzlab beray jaranglab.
Xayr qoʻgʻirchoqlarim,
Xayr oʻyinchoqlarim,
Xayr bogʻcham, jon bogʻcham,
Menga qadrdon bogʻcham.
Biz baxtiyor bolamiz
Bizlar butun dunyoda,
Eng baxtiyor bolamiz
Zamonaviy bog’chada
Biz tarbiya olamiz
Bog’chamizda turli xil
O’yinchoqlar juda ko’p
Barchamiz shodon, ahil
O’ynaymiz, quvnaymiz xo’p
Bog’cha opa odatda
Bizga juda mehribon
Betob b’lsak albatta
Parvona bo’lar shu on
Ana shunday dunyoda
Biz baxtiyor bolamiz
Kelajakda vatanga
Sodiq farzand bo’lamiz
Xayr bog’cha
Qo‘g‘irchoqlar xush qoling
Salom aziz maktabim
Shoshilyapman bag’ringa
Quyoshday ravshan tabim
Ustozim xali men
Ko‘rmaganman sizni xech
Shu kunlar da xayolning
Mexmonisiz erta kech
Ko‘rmasam xam taniyman
Siz dunyoda eng dono
Siz yaxshilar yaxshisi
Siz otayu siz ona.
Orombaxsh quchog’ingda
O‘sib ulg’ayib shodon
Bugun bizlar yo‘l oldik
Jonajon maktab tomon
Xayr bog’cha tuzingni
Oqlaymiz o‘qib alo
Sizni eslab yuramiz
Bog’cha Opa doimo
Yiroqlashib bog’chajon
Katamiz sendan
Ukalarga qoladi
O‘yinchoq bizdan
Ko‘zlarida lim yoshi
Juda kuchli bardoshi
Bog’cha opam qoladi
Uzoq o‘yga toladi.
Bog’cha opam.
Meni ikki onam bor,
Ikkisi ham mehribon.
Biri tuqqan onamdir
Biri bog’cha opamdir.
Bog’cha opam guzal opam
Bizga parvona har dam.
Yig’lasak ham urishmas
Dam olmaslar xech tinmas.
Uyda uchta bolaga
Oyim toqat qilolmas.
Opam uttizta bolaga
Qaraydilar xech tolmas.
Mehr berar bizlarga
Olar issiq bag’riga.
Bog’cha opam mehribon
Bo’lsinlar doim omon.
Mening bog‘cham
Erta turib har kuni,
Tezda yuvib yuz qo’lni,
Otlanaman bog‘chamga,
Sevinch sig’may ichimga.
Shirin so‘z bog‘cha opam,
Mexribondir u biram.
Kutib olar har kuni,
Yaxshi ko‘raman uni.
Do’stlarim rosa ko’p,
O’ynaymiz to’p to’p.
Xursand bizlar barchamiz,
Zerktirmas bog‘chamiz.
Bog’chamiz ayvonchasi.
Bizning bog’cha chiroyli,
Bezatilgan saroyli,
Ayvonchada o’tiramiz,
Mashg’ulotni o’tamiz.
Bordir stol stulcha,
To’shalgan gilamcha,
Ilingan gul bezaklar,
Osilgan yashil barglar.
Salqingina ayvonchamiz,
Olcha sharbat ichamiz,
Biz bolalar xursandmiz,
Eng zo’r bizni bog’chamiz.
Xamshiralar xizmatda,
Vazn,bo’yimiz o’lchagan,
Oladilar davomatga,
Doim bizni o’ylagan.
Ta’lim-tarbiya olib,
Maktabga qo’yamiz qadam,
Bir kun buyuk olim bo’lib
Vatanga qo’shaman hissam.
shoir: Islomova Mukambar
Bog’cha opamga 4 qator sherlar
Doim aziz hurmatingiz,
Unutmaymiz xizmatingiz,
Yo’limizni yorug’ qilgan
Dilimizni sof dil qilgan
Boshimizni siladingiz,
Bizga oq yo’l tiladingiz
Mehr nuri yog’ar doim
Yuzingizdan ustozlar
Yursam deyman shu tabarruk
Izingizdan ustozlar.
Mana endi bog’chajon
Chiqib qoldi savodim
Bag’ishlayman senga Vatan
Bor bilimim sabotim.
Diyorim hur O’zbekiston
Gullar yurti bo’lajak
Kutar meni baxtli davron
Go’zal porloq kelajak




