Hashorotlar va qushlar haqida qisqa sherlar to’plami

hashorotlar va qushlar haqida sherlar to'plami

Ushbu sahifada hashorotlar va qushlar haqida she’rlar to‘plami jamlangan bo‘lib, bolalar uchun qiziqarli va tarbiyaviy she’rlarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda kapalak, asalari, chumoli, qaldirg‘och, bulbul va boshqa qushlar haqida she’rlar, bog‘cha va maktab o‘quvchilari uchun qisqa, yod olish oson bolalar she’rlarini topishingiz mumkin. Sahifa hashorotlar haqida she’rlar, qushlar haqida she’rlar, bolalar uchun she’rlar to‘plami izlayotganlar uchun foydali manba hisoblanadi. 🐦🦋🐝

Asal ari haqida sher

Bog‘larimda bolari,
Kun-tun asal to‘playdi.
Charchadim demay bari,
Faqat qishda uxlaydi.

22.07.1997-yil


OTIM

Otim chuh-chuh, otim chuh,
O‘t, suv berdim qornin to‘q.
Toliqmasdan ildam yur,
Yer tepib gijinglab tur.

Sen G‘irko‘ksan, Samantoy,
Mehnat qilib, demay voy.
Poda haydab do‘st bo‘ldik,
Ulg‘ayib kuchga to‘ldik.

07.02.1997-yil


QARG‘A

Qarg‘a qilar qar, qar, qar,
Bilsam qishdan der xabar.
Sovuqda yurma izlab,
Qishligingni ol to‘plab.


XO‘ROZ

Xo‘rozim qu, qu, qu, qu,
Bemahal qilma g‘uluv.
Tongda uyg‘ot hammani,
Tog‘a, xola, ammani.

27.08.1997-yil


ARI

G‘ing-g‘ing qilib uchasan,
Gar ushlasam chaqasan.
Bir kun bilmay ushladim,
So‘ng tilimni tishladim.

22.07.1997-yil



Mushugim ayyorgina,
Ovqatga tayyorgina.
Ko‘zi go‘shtni poylaydi,
Oshqozonga joylaydi.

22.07.1997-yil


HAKKA

Sayra-sayra hakkajon,
Yashil qanot qaqajon.
Niyatni yaxshi qilgin,
Mehmonlarni chaqirgin.


CHUMCHUG‘IM

Chumchug‘im ko‘p mug‘ombir,
Tinmay uchadi gir-gir.
Uzumdan ko‘z uzmaydi,
Sarasini ko‘zlaydi.

27.08.1997-yil


Uzum pishgach chumchuqlar,
To‘ymasdan och tumshuqlar.
Xo‘p uzumga to‘ydilar,
Bizga puchin qo‘ydilar.

22.07.1997-yil

Прокрутить вверх