MEVALAR VA SABZAVOTLAR HAQIDAGI SHE’RLAR

MEVALAR VA SABZAVOTLAR haqida sherlar toplami

Mevalar va sabzavotlar haqidagi she’rlar bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi, chunki ular orqali sog‘lom ovqatlanish, vitaminlarga boy mevalar va foydali sabzavotlar haqida qiziqarli va esda qolarli tarzda o‘rganish mumkin. Ushbu maqolada mevalar va sabzavotlar haqida she’rlar, bolalar uchun she’rlar, tarbiyaviy she’rlar hamda bog‘cha va maktab o‘quvchilari uchun eng chiroyli namunalarni topasiz. 🌿🍎

BEHI

Ming bir dardga davoman,
Sarg‘imtir ammo yuzim.
Sizga sog‘lom havoman,
Bo‘lsam-da, mitti o‘zim.

BEHI

Malla tukli momiq po‘st,
Artsang chiqar qattiq po‘st.
Deyishar meni behi,
Mevalar shohi behi.

ANOR

Bir tuynukda yashaymiz,
Mevalar dona-dona.
Parilarga o‘xshaymiz,
Olamdadir yagona.

KISHMISH

Men o‘zim mitti kishmish,
Odamlarga zo‘r yemish.
Sira yo‘qdir danagim,
Suvidir mening keragim.

1996-yil


KARAM

Qavat-qavat ust-boshim,
Yashildir hamma yog‘im.
Ozdira man tanangni,
Tuzataman yarangni.

HANDALAK

Qovunning ukasiman,
Meni derlar handalak.
Mazanin g mazasi man,
Qanddan ham o‘tsam kerak.

TARVUZ

Dum-dumaloq qomatim,
Ola-chipor to‘nim bor.
Yarashadi savlatim,
Shifo berish menga yor.

1996-yil


TUT

Oq tutman, ham marvar tak,
Menda yo‘qdir bir danak.
Yesang quvvating oshar,
Ko‘rkim boqqa yarashar.

O‘RIK

Oq o‘rik, qantak o‘rik,
Mazasi bo‘lar tuzuk.
Yeganlarga darmondir,
Yemaganga armon dir.
Yurak oladi quvvat,
Yaxshi ishlaydi murvat.
Ich buz uqlar yemasin,
Ko‘zga yoshi kelmasin.

07.11.2010-yil


OQ UZUM

Oq uzumga qog‘ozdan,
Xalta tikib qo‘yibdi.
Xaltani-chi, oz-ozdan,
Chumchuq teshib qo‘yibdi.

Insof qilgin jon chumchuq,
Bosh bo‘lmagin ariga.
Nazari och, sho‘r tumshuq,
Yurgin bog‘dan narida.


Qovunim shakar palak,
Ukasidir handalak.
Yozning ulug‘ ne’mati,
Asal uning dilqati.

1997-yil


QOVUN SAYLI

Qovunlarning ifori,
Qitiqlar dilni juda.
Yeb ko‘ring, yo‘q g‘ubori,
Hozir pishish avjida.

Paykaldan uzib yesang,
Bo‘lar rosa mazali.
Armonda qolmay desang,
Kelgin qovun mahali.

28.06.1995-yil

UZUM

Qora charos, oq uzum,
Deb maqt ab yerlar o‘zim.
Chumchuq, ola qanotlar,
Yeb to‘ymas, bersin to‘zim.

1997-yil

ANOR

Pishdi qip-qizil anor,
Ko‘rsam ko‘zlarim yonar.
Yashaydi bir xonada,
Yuzlab xil-xil donalar.

Ich o‘tiga u davo,
Bag‘ring to‘lar sa foga.
Ko‘ngil aynish to‘xtaydi,
Siri borga o‘xshaydi.

OLCHA

Olchaman gulim mayda,
Gullayman ayni mayda.
Meni yeganlar bilar,
O‘ziga sog‘liq tilar.

07.11.2010-yil


BODOM

Mag‘zim achchiq ham shirin,
Shifobaxshman yeb ko‘ring.
Yo‘talga qaynatib yeng,
Dorilarga kelgum teng.

UZUM

Chilgi uzum, uzumman,
Erta pishar o‘zimm an.
Chumak ursa yuzimga,
Chumchuq boq ar o‘zimga.

Qo‘rqaman arilardan,
G‘uv-g‘uv bezorilardan.
Mag‘zimni chunon urar,
Talab po‘stimni qo‘yar.

07.11.2010-yil


TURP

Qishning aziz ne’mati,
Shifobaxshdir xilqatim.
Turpman palovdir do‘stim,
Yo‘q erur kami-ko‘stim.

SHOLG‘OM

Sholg‘om der, gohi shod, g‘am,
Yesa ko‘zga kelmas nam.
Yurakka quvvat erur,
Izzatim shundan bo‘lur.

07.11.2010-yil

NOK

Shaklim misli nosqovoq,
G‘irchillayman yegan chog‘.
Yesang deysan ko‘p rahmat,
Nokman, kelgin marhamat

OSHQOVOQ

Meni deydilar kadi,
Lekin asli qovoqman.
Somsa, mantim yesangiz,
Biling, sizga o‘rtoqman

tarvuz haqida sherlar toplami
tarvuz haqida sherlar toplami

TARVUZ

Beqasam to‘n egnimda,
Doim yal-yal yonaman.
Pichoq ursang qarsillab,
Ikki palla bo‘laman.

ANOR

Garchi bo‘yim pastgina,
Po‘stim ham yarashiqli.
Mevam qizil donacha,
Anor shaklim o‘zgacha.

UZUM

Gar o‘rmalab o‘ssam ham
Mevalarim ko‘p g‘ujum.
Charos, toyfi, husayni,
Deydilar meni uzum.

SHAFTOLI

Mayin tukli, momiqqina,
Yesang yumshoq, suvlikkina.
O‘rik menga qarindosh,
Shaftoliman hali yosh.

Прокрутить вверх